Markazingiz uchun o'z saytingiz va Telegram botingiz
Ota-ona farzandining davomati, bahosi, uy vazifasi va to'lovini telefonida ko'rib boradi. Siz esa o'quvchi, guruh, jadval, to'lov va ustozlarni bitta panelda boshqarasiz.
Ota-onalar uchun
Hammasi Telegram bot orqali keladi. Ilova o'rnatish yoki parol eslab qolish shart emas.
- Davomat xabariFarzandi darsga kelmasa yoki kechiksa, bot darhol xabar beradi.
- StatistikaDavomat, baholar va reyting bitta tugmada.
- Bugun nima o'rgandi?Har bir darsda o'tilgan mavzu.
- Uy vazifalariNima berilgani va bajarilgan-bajarilmagani.
- To'lov eslatmasiMuddatga 3 kun va 1 kun qolganda hamda oxirgi kuni avtomatik eslatma keladi.
- Ustozlar haqidaHar bir ustozning tajribasi va kuchli tomonlari.
- Bir nechta farzandBitta ota-onaga bir nechta farzandni ulasa bo'ladi.
O'quvchilar uchun
O'z natijasini o'zi ko'rib boradi va boshqalar bilan bellashadi.
- Shaxsiy kabinetBaholar, davomat, uy vazifalari va guruhdagi materiallar.
- Ustoz bilan aloqaBot orqali ustozga yozadi va uy vazifasini bajarganini belgilaydi.
- ReytingMarkazdagi eng yaxshi o'quvchilar ro'yxati raqobat va motivatsiya beradi.
- SertifikatKursni tugatgach PDF sertifikat oladi. Haqiqiyligini istalgan odam saytda raqami bo'yicha tekshiradi.
- Dars eslatmalariErtaga va bugun dars borligi haqida botdan xabar keladi.
Ustozlar uchun
Qog'oz jurnal o'rniga telefon. Bir darsga bir daqiqa ketadi.
- Tez kiritishDavomat, baho va mavzuni bir necha bosishda kiritadi.
- Uy vazifasiSaytdan ham, to'g'ridan-to'g'ri botdan ham beradi.
- Guruh bilan aloqaGuruhga material, e'lon va xabar yuboradi.
- O'z profiliTajriba va sertifikatlar ota-onalarga ko'rinadi.
Rahbar va menejer uchun
O'quvchi, guruh, jadval, to'lov va ustozlar bitta panelda.
- O'quvchilar va guruhlarQidiruv, fan bo'yicha saralash, o'quvchini guruhga qo'shish.
- ExcelO'quvchilar ro'yxati har bir guruh alohida varaqda, sinf bo'yicha tartiblangan. To'lovlar va ustozlar ro'yxati ham yuklab olinadi.
- Dars jadvaliHaftalik jadval, bayram yoki o'zgargan kunlar uchun alohida kun jadvali.
- Bugun sahifasiBugun qaysi darslar bor va qaysi ustoz davomatni kiritmagan.
- To'lovlarHar bir o'quvchining to'lov rejasi, kim qancha to'lagani, qarzdorlar ro'yxati.
- Ustozlar maoshiStavka bo'yicha avtomatik hisoblanadi: qat'iy, har dars yoki har o'quvchi uchun.
- ArizalarSaytdan yoki botdan kelgan kursga yozilish arizalari bitta ro'yxatda.
- QR-kodChop etib eshikka yoki varaqaga yopishtiriladi. Skanerlagan odam darrov ariza qoldiradi.
- Ommaviy xabarHamma o'quvchi yoki ota-onaga bot orqali bir vaqtda xabar yuboriladi.
- MuammolarSaytdagi «Muammo?» tugmasi orqali kelgan shikoyat va takliflar.
- XavfsizlikKim nimani o'zgartirgani tarixi, notanish qurilmadan kirilganda ogohlantirish, bazaning zaxira nusxasi.
Markazning ochiq sayti
Hozir ko'rib turgan saytingiz. Nomi, logotipi va ranglari markazingizniki bo'ladi.
- SahifalarBosh sahifa, fanlar, ustozlar, dars jadvali.
- Markaz hayotiYangiliklar, o'quvchilar natijalari va markaz sharoiti rasmlari.
- Onlayn yozilishAriza formasi kechayu kunduz ishlaydi.
- IlovaSayt telefonga ilova qilib o'rnatiladi.
- Ikki rejimKunduzgi va tungi ko'rinish.
- Uch tilO'zbekcha, kirillcha va ruscha.
Avval ko'ring, keyin qaror qiling
Bu saytdagi hamma sahifa ishlaydi. Ochiq qismini o'zingiz aylanib chiqing, panel va botni esa birga ko'rsatib beramiz.